Ushbu ochiq manbali loyihani butun dunyo bo'ylab odamlar uchun taqdim etmoqchimiz.

Ushbu qo'llanmaning mazmuni sizning tilingizga tarjima qilishga yordam bering!

darsga qaytish

Dasturlash tillarini topish

Ko’plab dasturlash tillari mavjud, masalan Java, JavaScript, PHP, C, C++.

Ularni Java JavaScript PHP C++ C satrida topadigan regexp yarating:

let regexp = /sizning regexpingiz/g; alert("Java JavaScript PHP C++ C".match(regexp)); // Java JavaScript PHP C++ C

Birinchi g’oya tillarni o’rtalarida | bilan ro’yxatlash bo’lishi mumkin.

Ammo bu to’g’ri ishlamaydi:

let regexp = /Java|JavaScript|PHP|C|C\+\+/g; let str = "Java, JavaScript, PHP, C, C++"; alert(str.match(regexp)); // Java,Java,PHP,C,C

Muntazam ifoda dvigateli alternativlarni birin-ketin qidiradi. Ya’ni: avval Java bor-yo’qligini tekshiradi, aks holda – JavaScript ni qidiradi va hokazo.

Natijada, JavaScript hech qachon topila olmaydi, chunki Java birinchi bo’lib tekshiriladi.

C va C++ bilan ham xuddi shunday.

Bu muammo uchun ikkita yechim bor:

  1. Uzunroq moslikni birinchi tekshirish uchun tartibni o’zgartirish: JavaScript|Java|C\+\+|C|PHP.
  2. Bir xil boshlanish bilan variantlarni birlashtirish: Java(Script)?|C(\+\+)?|PHP.

Amalda:

let regexp = /Java(Script)?|C(\+\+)?|PHP/g; let str = "Java, JavaScript, PHP, C, C++"; alert(str.match(regexp)); // Java,JavaScript,PHP,C,C++