Assalomu alaykum barchaga. Bugun biza C# dasturlash tilida Class tushunchasi bilan bog'liq miflarni sindiramiz. Dastlab Classlar haqida gaplashsak. Class bu reference Type hisoblanadi. Va xotirada HEAP dan joy oladi.
C# dasturlash tilida class - bu Object-Oriented-Programming(OOP)ni asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Classlar yordamida yangi turdagi obekt yaratishingiz va ularga ishlov berish, methodlarni(function) guruhlashingiz mumkin.
Class nima ?
Class bu - obektlarning tuzilishi, xususiyatlari(properties), methodlar(functions)larni aniqlovchi shablon yoki qolib. Yuqorida aytganimizdek siz - Classlar yordamida yangi obektlarni yaratishingiz, ularga ishlov berishingiz va methodlarni guruhlashingiz mumkin bo'ladi.
Classlar nima uchun kerak ?
`- 1 - Ma'lumotlarni guruhlash: Classlar yordamida ma'lumotlar va methodlarni guruhlash imkoniyatiga ega bo'lamiz. Bu bizga codeni o'qish va yaxshi tushunish imkoniyatini beradi.
- 2 - Qayta foydalanish: Bir marta yaratilgan classdan ko'p joyda foydalanish mumkin. Bu esa codeni yaxshi ishlashini ta'minlaydi (100 xil nomli o'zgaruvchi yaratib o'tirmaysiz 🔥)
- 3 - Encasulation: Classlar ma'lumotlarni yashirish va ularga kirishni nazorat qilish, imkonini beradi.
- 4 - Inheritance: Bir class boshqa classlardan meros olib(nusxa olib), uning xususiyatlari va methodlarini o'zida saqlab qolishi mumkin.`
Classlar haqida biroz nazariy bilimga ega bo'ldik. Endi undan foydalanishni bilib olamiz.
Person.cs
// Bir Person degan class yaratib olamiz public class Person { // xususiyatlari 👇 public string Name { get; set; } public int Age { get; set; } // Salomlashish uchun Method public void Greeting() => Console.WriteLine($"Assalomu alaykum. Mening ismim: "{Name}" va men {Age}") yoshdaman"); } Yuqoridagi codeda bir inson haqida ma'lumotlarni olib salomlashish uchun bir method yaratdik. Endi shu class asosida bir obekt yaratib olamiz...
Program.cs
public class Program { // Yangi obekt hosil qilib olamiz. Person classi asosida Person odam = new Person(); // Propertylarga value berib chiqamiz odam.Name = "Ozodbek"; odam.Age = 17; // Salomlashish uchun methodni ushbu obekt orqali ishlatib ko'ramiz odam.Greeting(); } Output:Terminal
Assalomu alaykum. Mening ismim **Ozodbek** va men 17 yoshdaman Classlarni tushunib oldik. Endi Constructor haqida ham bir ikki shingil ma'lumot berib o'tmasam bo'lmaydi.
Constructor - bu, classning obektini yaratishda automatic ravishda chaqiriladigan methoddir. Return type mavjud emas. Constructor yordamida boshlang'ich qiymatlarni berishimiz mumkin.
Person.cs
// Boyagi, Person deganda misol qilamiz public class Person { // xususiyatlari 👇 public string Name { get; set; } public int Age { get; set; } // Constructor public Person(string name, int age) { Name = name; Age = age; } public void Greeting() => Console.WriteLine($"Salom mening ismim{Name}, Yoshim {Age} da") } Constructorni chiqaramiz
Program.cs
public class Program { public void Main() { Person odam2 = new Person("Ozodbek", 17); odam2.Greeting(); } } Inheritance - bir class ikkinchi classdan meros olib uni xususiyatlari va mehtodlari o'zida saqlab qolishi uchun kerak.
Inheritance orqali ham ishlab ko'rishimiz kerak.
Program.cs
// Asosiy animal class public class Animal { public string Name { get; set; } public void speak() => Console>WriteLine($"The {Name} sound"); } // Inheritance (meros) olamiz. public class Dog : Animal { public void Color() => Console>WriteLine("Dog color is Black"); } Program.cs
public class Program { public static void Main() { Dog kuchuk = new Dog(); kuchuk.Name = "Rex"; kuchuk.Speak(); kuchuk .Color(); } } Output
The Rex sound Dog color is Black Xulosa: Classlar bu C# dasturlash tilida asosiy tushuncha va u yordamida strukturalash, ma'lumotlarni guruhlash va hokazolarni qilish mumkin. O'rgangan misollarimizni review qilish orqali siz chuqurroq tushunib ham olishingiz mumkin(Classlarni). Bu misollar orqali bir sodda tilda tushuntirib berdik degan umiddaman😊
Top comments (0)