JavaScript dasturlash tilida 8 ta ma'lumot turlari mavjud.
Bular:
- String
- Number
- Bigint
- Boolean
- Undefined
- Null
- Symbol
- Object
Undan tashqari Obyektning(Object DataTypes) ma'lumot turlari ham mavjud. Ular 3 ga bo'linadi:
- Object
- Array
- Date
Namunalar:
// Numbers: let length = 16; let weight = 7.5; // Strings: let color = "Yellow"; let lastName = "Johnson"; // Booleans let x = true; let y = false; // Object: const person = {firstName:"John", lastName:"Doe"}; // Array object: const cars = ["Saab", "Volvo", "BMW"]; // Date object: const date = new Date("2022-03-25");
Ma'lumot turlarini bilish o'zi nega muhim ?
Dasturlashda o'zgaruvchilar bilan ishlash va ular ustida boshqa amallar bajarishda uning qanday ma'lumot turida ekanligini bilish muhim omil hisoblanadi. Misol uchun sizda 2 ta x va y deb nomlanuvchi o'zgaruvchilar bor. Ular mana bu ko'rinishda:
var x = "4" var y = 2 var result = x + y
Agar siz String va Number ma'lumot turlarini bilsangiz, result qanday qiymatga teng bo'lishini bilasiz. Hozirgi holatda JavaScript sizga result = "42" qiymatni qaytaradi. Sababi x = "4" String ma'lumot turida turbdi va JavaScriptda + belgisi Number ma'lumot turini String ma'lumot turiga aylantiradi va amalni String ma'lumot turida amalga oshiradi. Lekin biz ifodaning ishorasini o'zgartirsak, hodisa boshqa tomonga o'zgaradi.
var x = "4" var y = 2 var result = x - y // Javob: result = 2 (in number data type)
Bu yerda y ning qiymati Number ma'lumot turida va - ishorasi faqat o'ziga tegishli bo'lgan o'zgaruvchiga qarab keyingi o'zgaruvchiga ta'sir qiladi.
Qolgan ma'lumot turlarini quyida ko'rsatilgan web saytida yana to'liqroq va mashqlar bilan birgalikda tushunib olishingiz mumkin.
Top comments (0)